Eldor Shomurodov: “G'alaba qozonganimizdan xursandman”

Narzulla Saydullayev
16 okt 2016, 13:25
“Bunyodkor” jamoasi o'z uyida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi va kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan so'ng, “qaldirg'ochlar”ning yagona goliga mualliflik qilgan hujumchi Eldor Shomurodov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Nasaf” O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ularga ham, bizga ham 3 ochko juda ham kerak edi. Maydonga g'alabani istab chiqqandik, shu boisdan ham g'olib bo'ldik. Bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, ulardan unumli foydalana ololmadik. G'alaba qozonganimizdan xursandman”, - deydi “Bunyodkor” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov.

Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia