

Uchrashuvdan so'ng, “qaldirg'ochlar”ning yagona goliga mualliflik qilgan hujumchi Eldor Shomurodov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
“Nasaf” O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ularga ham, bizga ham 3 ochko juda ham kerak edi. Maydonga g'alabani istab chiqqandik, shu boisdan ham g'olib bo'ldik. Bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, ulardan unumli foydalana ololmadik. G'alaba qozonganimizdan xursandman”, - deydi “Bunyodkor” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov.
Jahongir Sotvoldiev



