"El-Klassiko" bo'yicha "Real"ga oid qiziq ma'lumot paydo bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 may 2018, 14:38
6 may kuni LaLiganing 36-tur uchrashuvlari doirasida "Barselona" hamda "Real" o'rtasida "El-klassiko" bo'lib o'tadi.

Abc.es sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan o'z shtabi bilan ushbu bahsda jamoaning yetakchi futbolchilarini maydonga tushirish to'g'riligi haqida maslahatlashdi. Fransiyalik mutaxassis Serxio Ramoc, Luka Modrich, Keylor Navas, Krishtianu Ronaldu va Marselo kabi muhim futbolchilar jarohat olishidan havotirlanmoqda. Zidanning fikricha, "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi finali joriy mavsumdagi so'nggi muhim o'yin. U "El-Klassiko" bilan bahsda bir qator yetakchi o'yinchilarga dam bermoqchi.

"Barselona" - "Real" uchrashuvi 6 may kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. "Real" - "Liverpul" Chempionlar ligasi finali esa 26 may kuni Kievda o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Abc.es