“El-Klasiko”ni boshqarib boradigan hakam aniq bo'ldi

Ernandes Ernandes “Barselona” - “Real” uchrashuviga hakam etib tayinlandi.

Alexandro Xose Ernandes Ernandes La Liganing 36-turida “Barselona” - “Real” uchrashuvini boshqarib boradi. Bellashuv 6 may kuni “Kamp Nou”da bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, Ernandes 2017 yil ham ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinni boshqarib borgan. “Santyago Bernabeu”da o'tgan o'yinda hakam Serxio Ramosni maydondan chetlatgan. “Barselona” esa uchrashuvda 3:2 hisobida g'alaba qozongan.



Manba: Marca