"El Klasiko" muammosi hal bo'lmayapti

Mirjalol Normatov
18 okt 2019
26 oktyabr kuni bo'ladigan "El Klasiko" masalasi hali ham hal bo'lganicha yo'q.

Gap shundaki, LaLiga rahbariyati ushbu uchrashuv belgilangan vaqt va joyida o'tkazilishiga qarshi chiqmoqda.

Ammo, "Real" va "Barselona"dagilar o'yinning boshqa joyda o'tishi borasidagi taklifga norozilik bildirishgan. Shuningdek, turnir o'tkazuvchi departament uchrashuv o'tadigan stadionning o'zgarishi borasidagi takliflarni rad etgan.

Ayni damda Kataloniyada norozilik namoyishlari bo'layotgani sababli Ispaniya davlati hukumati ham uchrashuv "Kamp Nou"da bo'lishiga qarshi bo'lmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express