Ektor Kuper shu haftada shartnomaga qo'l qo'yadi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2018, 12:44
Nihoyat, O'zbekiston milliy terma jamoasi yaqin kunlarda yangi bosh murabbiyga ega bo'ladi.

Argentinalik 62 yoshli mutaxassis Ektor Kuper O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolaydi va mamlakat bosh jamoasini qabul qilib oladi.

Katta ehtimol bilan bu marosimning shu haftadayoq o'tkazilishi kutilmoqda. Hozircha shartnomaning qancha muddatga imzolanishi noma'lum.

Shunisi aniqki, Kuper oldiga birinchi galda O'zbekiston terma jamoasini 2019 yilning yanvar oyida BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorlash vazifasi qo'yiladi.  

Bu haqda Championat.asia saytiga muxbirimiz bilan muloqotda O'FA rahbariyati ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Ektor Raul Kuper Rossiyada o'tgan mundialda Misr terma jamoasini boshqargan edi.


EKTOR RAUL KUPER (Argentina)
Tug'ilgan sana
: 16 noyabr 1955 yil
Tug'ilgan joy: Santa Fe, Argentina
Boshqargan jamoalari: "Urakan", "Lanus", "Malkorka", "Valensiya", "Inter", "Betis", "Parma", Gruziya MTJ, "Aris", "Rasing", "Orduspor", "Al Vasl", Misr MTJ.
Murabbiylikdagi yutuqlari: Konmebol kubogi sohibi -1996, Ispaniya Superkubogi sohibi -1998, Ispaniya Superkubogi sohibi -1999.


O'FA Yevropa va argentinalik mutaxassislar bilan muzokara o'tkazmoqda

Eng omadsiz murabbiyning orzusi - finalda g'alaba qozonish!

Malayziyalik jurnalist: "Keyingi haftada O'zbekiston termasiga yangi bosh murabbiy tayinlanadi"


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia