O'FA Yevropa va argentinalik mutaxassislar bilan muzokara o'tkazmoqda

O'FA O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy izlash bilan band.

Bizga ma'lum bo'lishicha, ammo hozircha tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, O'FA ayni paytda yevropa va argentinalik mutaxassislar bilan muzokaralarni o'tkazmoqda.

O'zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar orasida gruziyalik Shota Arveladze, italiyalik Chiro Ferrara va argentinalik Ektor Kuper nomlari mavjud.

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze hozircha takliflarga rad javobini bergan.

O'FA esa Misr terma jamoasini JCHga olib chiqqan va Rossiyadagi mundialdan so'ng iste'foga chiqarilgan Ektor Kuperni yurtimizga olib kelmoqchi. Ayni paytda ushbu mutaxassis bilan ham muzokaralar o'tkazilmoqda. Ektor Kuper Misr terma jamoasidan mundialdagi muvaffaqiyatsiz ishtirok tufayli iste'foga chiqarildi. Misr JCH guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda mag'lubiyatga uchradi. Ayni paytda esa argentinalik Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasi varianti ustida bosh qotirmoqda. Agarda muzokaralar ko'ngildagidek yakun topsa, unda Ektor Kuper terma jamoamiz ruliga kelishi mumkin.

Ektor Kuper yaqin o'tmishda "Valensiya" va "Inter" jamoalaridagi faoliyati bilan ham barchaga yaxshi tanish mutaxassis sanaladi.

O'FAning short-listida italiyalik Chiro Ferrara nomzodi ham mavjud. "Napoli" va "Yuventus" jamoalarida ko'p yillar o'ynagan va mazkur klublarni afsonasiga aylangan Ferraraning murabbiylik faoliyati yorqin kechmayapti. Ferrara ishlagan jamoalaridan iste'fo chiqarilgani bilan nom qozongan. Ferraraning oxirgi ishlagan joyi Xitoy birinchi ligasi. "Uxan Chjoer" klubi rahbariyati Ferrarani 2017 yilgi mavsumning muvaffaqiyatsiz startidan so'ng iste'foga chiqargandi. Bunga qadar esa Ferrara turli yillarda "Yuventus" va "Sampdoriya" jamoalarini qisqa muddat boshqargan va u yerdan ham haydalgan.

Eslatib o'tamiz, O'FA bundan avval Portugaliyalik mutaxassis, Eron terma jamoasini JCHga olib chiqqan Karlos Keyrush bilan muzokaralar o'tkazayotgandi. Ammo ushbu muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani bois Keyrush varianti nomzodlar ro'yxatidan o'chirilgandi.

O'FA esa O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomini shu yilning iyul oyida rasman e'lon qilishi haqida ma'lum qilgandi.

O'zbekiston terma jamoasi o'tgan yilning sentyabr oyidan buyon bosh murabbiysiz qolmoqda. O'rtada terma jamoamizning o'rtoqlik o'yinlariga tayyorlash uchun ma'lum muddat Ro'ziqul Berdiev va Temur Kapadze vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlashdi.

O'FA MTJ murabbiyi masalasiga izoh berdi

O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadigan qitamizning eng nufuzli turniri Osiyo Kubogi boshlanishiga esa 5 oydan sal ko'proq vaqt qoldi.

Egasiz qolayotgan terma jamoa


Manba: championat.asia