

"O'ylashimcha "Yuventus"da "Real"ni mag'lub etish uchun imkoniyat bor, ammo madridliklar safida o'yin taqdirini hal qilishi mumkin bo'lgan futbolchilar ko'p. Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar haqida gap ketmoqda. Iguain va Dibala yaxshi, ammo ular Beyl va Ronaldu bilan bir xil darajada emas. Umid qilamanki, kelajakda vaziyat o'zgaradi, ammo hozir ular pastroqda", - deydi Davids Football Italia nashriga.





