YCHLda hafta futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
27 okt 2023
YCHL matbuot xizmati haftaning eng yaxshi futbolchisini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, tur doirasida "Antverpen" darvozasiga uchta gol urgan "Portu" futbolchisi Evanilson ushbu etirofga loyiq ko'rildi.

Hafta futbolchisi bo'lish uchun "Leyptsig" himoyachisi David RaumYU "Feyenoord" forvardi Santyago Ximenes hamda "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezuslarning nomzodi ilgari surilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com