YCHL. "Qayrat" - "Real" o'yini uchun chiptalar narxi qancha?

Mirjalol Normatov
31 avg 2025, 14:30
30 sentyabr kuni Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi YCHL doirasida o'z maydonida "Real"ga qarshi o'ynaydi.

Ushbu bahs uchun chiptalar sotuvga chiqarilgan.

Eng arzon, yani, 7-toifadagi chiptalar 1250 dollardan boshlanadi.

6-toifadagi chiptalar esa 1500 dollarga, 5-toifadagilari esa 2000 dollarga baholangan. Bir odam eng ko'pi bilan (hozircha) 8tagacha chipta olishi mumkin.

Qayd etish kerak, saralashning so'nggi o'yini doirasida "Seltik"ka qarshi bahs oldidan "Qayrat"ga 100 ming inson chiptaga ariza topshirgan. "Real"ga qarshi bahsga esa arizalar ham ko'payib ketgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia