YCHL. "F" guruhi. 2-tur prevyusi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2016, 11:35
Bugun Yevropa chempionlar ligasi "F" guruhida 2-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

Birinchi turda "Legiya" o'z uyida "Borussiya"ga 0:6 hisobida yutqazib qo'ygan edi. "Real" esa Madridda "Sporting"ni so'nggi daqiqalarda taslim qilgan - 2:1.

"Borussiya" va "Real" o'rtasidagi 10ta o'yinning 3tasida Germaniya klubi, 4tasida Ispaniya klubi g'olib bo'lgan.

Dortmundda o'tgan oxirgi 3ta o'zaro o'yinning barchasida "Borussiya" zafar quchgan. "Real"ning Germaniya mamlakatida o'tkazgan 29ta o'yinidagi statistikasi: 4 g'alaba, 6 durang va 19 mag'lubiyat.

"Sporting" 2012 yilda Yevropa ligasi 1/16 finalida "Legiya"ni ikki o'yin natijasiiga ko'ra 3:2 hisobida mag'lub etgan edi. "Legiya" bu yil birinchi turda evrokuboklardagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qilib oldi.



"Borussiya" Dortmund - "Real"

27 sentyabr. Dortmund. "Signal Iduna Park" stadioni.
Bosh hakam -
Mark Klattenburg (Angliya).

Taxminiy tarkiblar:

"Borussiya"
: Byurki; Pishek, Papastatopulos, Bartra, Shmelcer; Kastro, Vaygl; Gerreyru, Getce, Dembele; Obameyang.
O'ynamaydi: Durm, Roys

"Real": Kasilya; Karvaxal, Ramos, Pepe, Danilo; Kroos, Modrich, Kovachich; Beyl, Benzema, Ronaldu.
O'ynamaydi: Kazemiro, Marselo



"Sporting" - "Legiya"

27 sentyabr. Lissabon. "Joze Alvalade" stadioni.
Bosh hakam
- Maykl Oliver (Angliya).

Taxminiy tarkiblar:

"Sporting": Ruy Patrisiu; Joau Pereyra, Koates, Semedu, Zeegelaar; Jelson Martinsh, Adrien Silva, V. Karvalyu, B. Ruis; Andre, Dost.

"Legiya": Malyaj; Bereshinski, Pazdan, Broj, Gloushek; Gilerme, Mulen, Yodlovec, Radovich; Priyovich, Nikolich.
O'ynamaydi: Kuxarchik
So'roq ostida: Pazdan

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia