YCHL. Bugun 2-tur start oladi. "Real" Moskvada mehmon va boshqa o'yinlar

Narzulla Saydullayev
2 okt 2018, 11:37
Bugun Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan dastlabki 8ta o'yin bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan soat 21:55da ikkita o'yin boshlanadi.

Zinsxaymda tarixda birinchi marta Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi o'yini bo'lib o'tadi. O'tgan tur safarda guruh bosqichida debyut qilgan "Xoffenxaym" bugun o'z muxlislari qarshisida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Gvardiola boshchiligidagi "Siti" birinchi turda o'z uyida sensacion tarzda "Lion"ga yutqaqzib qo'ygandi. Naggelsman shogirdlari esa Ukrainada "Shaxtyor" bilan durang o'ynab qaytgandi - 2:2.

"Yuventus" bugun o'z maydonida Shveytsariya chempionini qabul qiladi. O'tgan turda qizil kartochka olgan Krishtianu Ronaldu bu tur dam oladi. Mazkur bahsni rossiyalik Sergey Karasev boshqarib boradi.

Toshkent vaqti bilan soat 23:55da esa qolgan 6ta uchrashuvga start beriladi.

"Old Trafford"da "Valensiya" mehmon bo'ladi. So'nggi paytlarda muammolar girdobiga kirib qolgan MYU bugun g'alaba qozona olmasa Mourinyo o'ziga yangi ish qidirishni boshlashi hech gap emas.

Dastlabki tur sensaciyasi sohibi bo'lgan "Lion" bu tur o'z maydonida "Shaxtyor" bilan kuch sinashadi.

Yevropa chempionlar ligasining amaldagi sohibi Madridning "Real" klubi bugun Moskvada SSKA mehmoni bo'ladi. Lopetegi bugun Marselo, Isko, Beyl va Serxio Ramos kabi futbolchilar xizmatidan foydalana olmaydi.

Rimdagi "Olimpiko" stadioniga Chexiyaning "Viktoriya" klubi tashrif buyuradi. Italiya A seriyasida ishi yurishmayotgan "bo'rilar" bugun g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilishadi. YCHL 1-turida jamoa Madriddan 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytgan edi.

Bundesliganing o'tgan turida mavsumdagi dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib olgan "Bavariya" bugun "Ayaks"ni qabul qiladi. Myunxenliklar safida Rafinya, Koman va Tolisso kabi futbolchilar maydonga tusha olishmaydi.

Nihoyat bugungi kunning eng so'nggi uchrashuvi Gretsiyada o'tkaziladi. Afinada AEK Portugaliyaning "Benfika" klubini mehmon qiladi.


TAXMINIY TARKIBLAR


XOFFENXAYM - MANCHESTER SITI
2 oktyabr. Zinsxaym. "Reyn-Nekkar-arena". 21:55.
Bosh hakam - 
Damir Skomina (Sloveniya).

"Xoffenxaym": Baumann; Akpoguma, Xoogma, Posh; Kaderjabek, Grillich, Shulc; Demirbay, Bittenkur; Joelinton, Kramarich
O'ynamaydi: Nuxu, Xyubner, Nordtveyt, Amiri, Fogt
So'roq ostida: Bichakchich

"Man Siti": Ederson; Uoker, Stounz, Lyaport, Delf; Bernardu Silva, Fernandino, Gyundogan; Maxrez, Aguero, Sterling
O'ynamaydi: Mendi, de Breyne, Mangalya


YUVENTUS - YANG BOYZ
2 oktyabr. Turin. "Alyanc Stedium". 21:55.
Bosh hakam
- Sergey Karasev (Rossiya).

"Yuventus": Shensni; Kanselu, Bonuchchi, Bardzali, Aleks Sandro; Emre Djan, Pyanich, Matyuydi; Bernardeski, Mandjukich, Dibala
O'ynamaydi: Ronaldu, De Shilo
So'roq ostida: Xedira, Duglas Kosta

"Yang Boyz": fon Ballmoos; Shik, fon Bergen, Kamara, Benito; Fassnaxt, Sou, Sanogo, Suleymani; Assale, Oaro
O'ynamaydi: Teysheyra, Mbabu
So'roq ostida: Sou



MANCHESTER YUNAYTED - VALENSIYA
2 oktyabr. Manchester. "Old Trafford". 23:55.
Bosh hakam -
Slavko Vinchich (Sloveniya).

"MYU": de Xea; Dalot, Beyi, Lindelef, Shou; Fred, Matich, Pogba; Lingard, Lukaku, Sanches
O'ynamaydi: Roxo

"Valensiya": Neto; Pichchini, Gabriel, Garay, Gayya; Soler, Parexo, Kondogbia, Gedesh; Rodrigo, Gameyro
So'roq ostida: Santi Mina, Torres


LION - SHAXTER
2 oktyabr. Lion. "Stad-de-Lion". 23:55.
Bosh hakam -
Andris Treymanis (Latviya).

"Lion": Lopesh; Dyubua, Marselo, Denayer, Marsal; Mendi, Ndombele, Auar; Traore Fekir, Depay
O'ynamaydi
: Guyri, Tete, Terre

"Shaxter": Pyatov; Matvienko, Krivcov, Rakickiy, Ismaili; Maykon, Stepanenko; Marlos, Tayson, Fernando; Junior Moraes
O'ynamaydi: Ordec, Dentino
So'roq ostida: Vellington Nem




SSKA - REAL MADRID
2 oktyabr. Moskva. "Lujniki". 23:55.
Bosh hakam - 
Ovidiu Alin Xecegan (Ruminiya).

SSKA: Akinfeev; Fernandes, Bekao, Chernov, Nababkin; Biyol, Axmetov; Vlashich, Dzagoev, Oblyakov; Chalov
O'ynamaydi: Vasin, Ernandes, Bistrovich, Makarov, Shennikov
So'roq ostida: Xosonov, Kuchaev, Magnusson

"Real": Navas; Karvaxal, Varan, Valexo, Nacho; Kazemiro, Kroos, Modrich; Asensio, Benzema, Mariano
O'ynamaydi: Marselo, Isko, Beyl, Ramos


ROMA - VIKTORIYA
2 oktyabr. Rim. "Olimpiko". 23:55.
Bosh haka
m - Pavel Rachkovski (Polsha).

"Roma": Olsen; Florenci, Manolas, Fasio, Kolarov/Santon; Kristante, N'Zonzi, Pellegrini; Djengiz Yunder, Djeko, El-Shaaravi
O'ynamaydi: Perotti, Pastore
So'roq ostida: De Rossi

"Viktoriya": Kozachik; Rjeznik, Geyda, Gubnik, Limberski; Proxazka, Groshovski; Petrjela, Gorjava, Kovarjik; Krmenchik
O'ynamaydi: Kopic



BAVARIYA - AYAKS
2 oktyabr. Myunxen. "Alyanc Arena". 23:55.
Bosh hakam -
Pavel Kralovec (Chexiya).

"Bavariya": Noyer; Kimmix, Boateng, Xummels, Alaba; Martines; Robben, Myuller, Tyago, Riberi; Levandovski
O'ynamaydi: Rafinya, Koman, Tolisso
So'roq ostida: Gorecka

"Ayaks": Onana; Talyafiko, Blind, de Lixt, Mazraui; de Yong, Neres, Shene; Tadich, Xuntelaar, Ziesh
O'ynamaydi: Bande, Cherni, Veltman


AEK - BENFIKA
2 oktyabr. Afina. "Spiros Luis". 23:55.
Bosh hakam 
- Orel Grinfeld (Isroil).

AEK: Barkas; Bakakis, Oykonomu, Labropulos, Xult; Galo, Simoesh, Galanopulos, Mantalos; Bakasetas; Ponse
O'ynamaydi: Boye, Livaya, Elder Lopesh, Alef

"Benfika": Vlaxodimos; Grimaldo, Konti, Ruben Diash, Andre Almeyda; Feysa, Jedson Fernandesh, Picci; Salvio, Rafa, Seferovich
O'ynamaydi: Ebuexi, Gabriel, Jardel, Joau Felish, Krovinovich


* Taxminiy tarkiblar UEFA rasmiy saytidan olindi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia