Dzyuba faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 avg 2018, 15:02
"Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba Turkiya Superligasi klubiga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli futbolchiga "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda. Turk klubi "Zenit" va Dzyuba bilan muzokara o'tkazishdi. Ular muvaffaqiyatli o'tgan. "Galatasaroy" forvardni bir mavsumga ijaraga olmoqchi.

Oldinroq, Dzyubaga "Beshiktosh" va "Bordo" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Posta.com.tr