Dyugarri de Ligt haqida: "U 19 yoshda 12-15 mln evro ishlamoqchimi? Ko'nglim ayniyapti"

Tolibjon Qosimov
28 iyun 2019, 15:27
Fransiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Kristof Dyugarri "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligtning moliyaviy talablari haqida keskin fikr bildirdi.

"U nima haqida o'ylamoqda? Uning miyasida nima hayol bor? U 19 yosh! U 12, 13, 14 yoki 15 million ishlamoqchimi? Yaxshiroq mashina, kattaroq uy, uzunroq yaxta xohlayaptimi? Agar bularning barchasi pul tufayli bo'lsa mening ko'nglim ayniydi.

De Ligt - ajoyib himoyachi, u juda yaxshi. Lekin, bunday ahvolda hammasi uzoq davom etmaydi. Bu mumkin emas.

Men zamonaviy futboldan charchadim. PSJ uning xizmatlaridan voz kechgani bilan ularni tabriklayman", - dedi Dyugarri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/TeamDugaRMC