Dunyoning eng qimmat futbolchisi kim ekanligi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
5 noya 2018, 18:22
CIES Football Observatory tadqiqot markazi dunyoning eng qimmat futbolchisi kim ekanligi haqida ma'lumot berdi.

PSJ va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe jahonning eng qimmat futbolchisi deb topildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda Mbappening narxi 216,5 mln evro. Keyingi o'rin "Tottenxem" hujumchisi Garri Keynga nasib qildi. Tadqiqot markazi angliyalik futbolchini 197,3 mln evroga baholadi. Uchlikka Neymar yakun yasab berdi (197 mln evro).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CIES Football Observatory