

Turin klubining 29 yoshli yarim himoyachisi Duglas Kosta A Ceriya 13-turi doirasida “Atalanta” (3:1)ga qarshi bahsda jarohat oldi. Endi futbolchi 26 noyabrda bo'lib o'tadigan “Atletiko M”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Bundan tashqari Kosta A Ceriyaning yaqin ikki turida “Yuventus”ga yordam bera olmaydi. Duglas kamida ikki hafta maydonga tusha olmasligi aytilmoqda.



