Duglas Kosta: "Uyda yana nima qilishni bilmayapman"

Mirjalol Normatov
13 apr 2020, 20:13
"Yuventus" vingeri Duglas Kosta mavsum tezroq davom ettirilishini istamoqda.

Italiyada 9 martda mavsum to'xtatilgan va futbolchilar karantinga olingan.

"Umid qilamanki, mavsum tez orada davom ettiriladi. Balki bir oydan keyindir. Har kuni mashg'ulot o'tayapman. Shuningdek, uyda oilam va yaqinlarim bilan vaqt o'tkazyapman. Biroq o'z uyimda endi nima qilish kerakligini bilmayapman", - dedi Kosta.

Italiyada mavsum 3 may kunidan e'tiboran davom ettirilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport