Dragan Cheran: "Biz taslim bo'lmaymiz"

Mirjalol Normatov
29 noya 2023
OCHLning 5-turida "Al Ayn" maydonidagi g'alabadan keyin "Paxtakor" sardori Dragan Cheran fikrlarini bildirdi.

- Og'ir o'yin bo'ldi, 7 ochko to'pladik va imkoniyatlarni saqlab qoldik. Yana bir o'yin qoldi. Balki barchasi yaxshi bo'lib, 10 ochko bilan guruhdan chiqarmiz. Bor kuchimizni beramiz, buning uchun imkoniyatlarimiz etarli.

- "Al Ayn" ikki kun oldin "Al Shabab"ga qarshi o'ynagandi. Balki ularga charchoq ham sababchi bo'lgandir?

- Albatta, charchoq ham sabab bo'lgan. Shuningdek, ular rotaciya ham qilishdi, bir qancha asosiy futbolchilari maydonga tushishmadi. Bu ham bizga yordam berdi.

- "Al Ayn" golidan keyin jamoa taslim bo'lmadi.

- Yo'q, taslim bo'lmaymiz. Buni biz kutgandik, "Al Ayn" kuchli jamoa, ha, o'tkazib yubordik, lekin o'ynash kerak. Ko'proq gol urishimiz va yutishimiz kerak.

- "Paxtakor" uchun mavsum deyarli tugadi. Dragan Cheranni kelasi yili ham "Paxtakor"da ko'ramizmi?

- Hozircha hech nima deya olmayman. Barchasini vaqt ko'rsatadi. Oldimizda ikkita o'yin bor. Qolishga xohish bormi? Albatta, bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia