Dortmundliklar Emre Jan transferi ustida ishlashmoqda

22 noya 2019, 21:10
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.

"Sport Bild" ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli futbolchiga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqqib qolgan va ushbu transfer ustida ishlamoqda. 

Jan 2018 yili "Liverpul"dan turinliklar safiga ko'chib o'tgandi. 

U joriy mavsum A Seriyaning 4 o'yinida maydonga tushdi va birorta golli vaziyatda ishtirok etmadi.

Avvalroq, o'yinchiga "Barselona" va PSJ qiziqayotgani haqida ma'lumot berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sportbild.bild.de