"Yuventus" yarim himoyachisi qishda PSJ yoki "Barselona"ga o'tadi

12 noya 2019, 23:57
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Emre Jan jamoani tark etishni xohlamoqda.

Germaniyalik yarim himoyachi jamoaning YCHL o'yinlari uchun qaydnomasidan o'rin olmagani tufayli Mauricio Sarridan ranjigan. 

Diario Sport nashri xabar berishicha, yarim himoyachi qishda "Barselona" yoki PSJ klublaridan birining safiga borib qo'shiladi. Uning transfer bahosi 40-50 mln evro atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda. 

"Barselona" Jan uchun tarkibdan joy hozirlash maqsadida Ivan Rakitich va Karles Alenyalardan voz kechishga tayyor. PSJ esa Emredan maydondagi "qora ish"larni bajarish uchun foydalanmoqchi. Jamoa rahbariyati Marko Verratti va Ander Errera singari kreativ futbolchilar mazkur vazifani ko'ngildagidek bajara olishmaydi degan qarorga kelgan.

Eslatib o'tamiz, Jan joriy mavsum "keksa sinora" safida A Seriyaning 4 uchrashuvida ishtirok etdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport