
Oldinroq mutaxassislar topilgan xatni o'rganib chiqishayotgani haqida e'lon qilingan edi. Policiyaning taxminiga ko'ra, portlashlar atayin avtobusga qilingan hujum, chunki, hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, hujum chog'ida jiddiy portlovchi moddalardan foydalanilgan.
"Monako"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final ilk uchrashuviga yo'l olishi kerak bo'lgan "Borussiya" avtobusi oldida 3 ta portlash sodir bo'ldi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs 12 aprelga qoldirildi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi.