

Ayni paytda "Milan" va "Udineze" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv davom etmoqda. 20 yoshli italiyalik o'yinning 11-daqiqasida majburan almashtirildi. Uning o'rnini tajribali Xose Reyna egalladi.
Takidlash joiz, ispaniyalik posbon "rossonerilar" safida A Seriyaning o'zi uchun ilk o'yinida ishtirok etmoqda. Bunga qadar, Reyna Yevropa ligasi va Italiya kubogida maydonga tushgandi.



