"Dinamo" lagerida nima yangiliklar?

Narzulla Saydullayev
19 dek 2024, 12:04
Samarqandning "Dinamo" klubi 2024 yilgi Superligani 8-o'rinda yakunladi.

Ayni paytda jamoa a'zolari qishki tatilda. Klubni legioner hujumchi Joel Kojo, darvozabon Farhod Rahmatov va himoyachi Muhammadali Tursunov tark etgan. 

"Dinamo" hozirga qadar darvozabon Edem Nemanov ("Olimpik"), himoyachi Akbar Abdirasulov ("Olimpik"), yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov ("Neftchi") va hujumchi Mirjahon Mirahmadovni ("Bunyodkor") o'z safiga qo'shib oldi. 

PFL talqiniga ko'ra Superligada "Yil kashfiyoti" deb topilgan Anvar Hojimirzaev bilan shartnoma 2025 yil oxirigacha uzaytirilganidan xabaringiz bor. 



Bosh murabbiy Vadim Abramovning "Dinamo" bilan shartnomasi yakunlanmoqda va hozirga qadar kelishuv uzaytirilmagan. Ammo tez orada rasmiyatchilik amalga oshiriladi va Abramovning o'zi jamoani yangi mavsumga tayyorlay boshlaydi. 

Agar barchasi rejadagidek kechsa, "Dinamo" xuddi o'tgan yilgidek dekabr oyining oxirida Toshkentda yig'in o'tkazishi mumkin. Asosiy yig'in yanvar oyi boshida start oladi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia