"Dinamo" Buxorodagi so'nggi to'rtta o'yinda mag'lub bo'lgan

Narzulla Saydullayev
19 sen 2013, 11:48
Oliy liganing 19-turida "Buxoro" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qiladi.
Bu jamoalar o'rtasidagi Buxoroda bo'lib o'tgan 18ta o'yinning 14tasida “Buxoro” g'alaba qozongan. 1ta bahsda tomonlar durang o'ynashgan. 3ta o'yinda “Dinamo” safarda bo'lishiga qaramay uch ochkoga ega bo'lgan. “Dinamo” Buxorodagi so'nggi to'rt o'yinda mag'lub bo'lgan.

Buxoroda bo'lib o'tgan so'nggi to'rt uchrashuv:
17.08.2012 Buxoro - Dinamo 2:0
01.11.2011  Buxoro - Dinamo 2:1
18.04.2009 Buxoro - Dinamo 2:0
08.08.2008 Buxoro - Dinamo 1:0

"Buxoro" - "Dinamo" uchrashuvi 21 sentyabr kuni Buxorodagi stadionda bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia