Diego Simeone: “Atletiko” borgan sari kuchayib borayapti”

Tolibjon Qosimov
29 avg 2013, 11:54
“Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone, Ispaniya Superkubogi doirasida “Barsalona”ga qarshi erishilgan durangdan so'ng (0:0), o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Ayni paytda “Barselona” “Atletiko”dan o'ta olmaydigan zonada turibdi. Aniq bir o'yinda biz ular bilan kurash olib borishga qodirmiz, biroq uzun chempionatlar bahsida, vaziyat biz uchun qiyinlashadi. Lekin “Atletiko” borgan sari kuchayib boryotganligini sezdim. Jamoaning o'yini yil sayin kuchayib, natija esa barqarorlashib borayapti. O'z o'zidan Superkubok hech narsa bermaydi. Ammo biz yana bir karra o'z kuchimizni sinab ko'rdik, - Simeonening so'zlarini keltiradi AS.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru