Diego Kosta "Al Hilol"ga o'tishi mumkin

Alisher
5 yanv 2021, 08:53
Ispaniyalik hujumchi Diego Kosta faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Matteo Morettoning xabar berishicha, futbolchiga "Al Hilol" qiziqish bildirmoqda va klub Kostaga aniq taklifni bergan.

Eslatib o'tamiz, hujumchi yaqinda Madridning "Atletiko" klubi bilan shartnomasini bekor qilgandi. U joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Qayd etish kerakki, "Al Hilol" Saudiya Arabistoni chempionatida 11 turdan so'ng 24 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MatteMoretto