Diego Forlan xalqaro faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2015, 15:43
JCH-2010ning eng yaxshi futbolchisi Diego Forlan milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Forlan Urugvay terma jamoasi safida Amerika Kubogini (2011) qo'lga kiritgan, 2010 yilda esa JARda o'tgan mundialda to'rtinchi o'rinni egallagan. Diego milliy jamoada eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi (112) va terma jamoadagi ikkinchi to'purar (36ta gol) hisoblanadi.
Futbolchi ayni damda Yaponiyaning "Sereso Osaka" klubida to'p tepmoqda.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net