Dide Desham: "Gol ura olmasang g'alaba qozonish qiyin"

Aziz Tukhtamuradov
26 iyun 2014, 08:57
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Ekvadorga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Gol ura olmaganingdan keyin g'alaba qozonish ham qiyin Biz bir qancha zarbalarni amalga oshirdik. Lekin, mag'lubiyatga ham uchramadik va yakunda keyingi bosqichga chiqdik.
Nigeriya tasodifan keyingi bosqichga chiqib qolmadi. ularda kuchli tarkib bor. Hujum chizig'idagi futbolchilar ham jismonan baquvvat o'yinchilardir. Maqsadimiz nimchorak final edi va endilikda bizda tayyorgarlik uchun besh kun bor", - deydi Desham.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net