Dibalaning "sovchilari" ko'payib qoldi

6 may 2019, 20:42
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Argentinalik hujumchiga MYU va "Bavariya" jamoalaridan taklif bo'lganligi haqida Calciomercato nashri xabar berdi. Avvalroq, "Yuventus" Dibala borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekanini e'lon qilgandi. 

Manbaning ma'lum qilishicha, Italiya chempioni Dibalani 100 million evrodan kamiga boshqa klubga qo'yib yubormoqchi emas.  

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum A Seriyada Dibala 27 o'yinda 5 ta gol urdi va 6 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: calciomercato.com