

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoa bilan hamkorlikni davom ettirishga shay. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mutaxassis JCH-2026gacha shartnoma taklif qilishsa, qoladi. Yanvar oyida u Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre bilan kelajagini muhokama qiladi.
Le Gre ham, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Deshamning terma jamoada qolishini istaydi. "Uch ranglilar" 2018 yil uning qo'l ostida jahon chempioni bo'lishdi va JCH-2022 finaliga qadar yetib borib, Argentinaga penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'lishdi.



