Depay: "Ko'plab sovrinlar yutish uchun "Barselona"ga o'tdim"

Mirjalol Normatov
19 iyul 2021, 22:13
"Barselona"ning yangi futbolchisi Memfis Depay o'zining transferi haqida gapirib o'tdi.

"Bugun men uchun o'zgacha kun. Umid qilamanki, "Barselona" bilan ko'plab sovrinlarga ega chiqaman. Aynan shu sababdan bu erga keldim. Ayni damdagi asosiy maqsadim - tezroq jamoaga qo'shilib ketish va mavsumni boshlash", - dedi Depay.

Eslatib o'tamiz, Depay erkin agent sifatida Kataloniya klubiga o'tmoqda. Bunga qadar u "Lion" tarkibida 178 o'yinda 76 gol va 55 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo