Dembele "Barselona" qarorgohiga qaytdi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele Kataloniyaga qaytdi.

Futbolchi Doxadan Barselonaga qaytgan. Qatarda u oyog'ining son qismidan davolanishning maxsus kurslarini bajarib qaytdi. U 28 noyabr kunida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yinda jarohatlangandi.

Futbolchining tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda. Shu boisdan u Doxadagi tiklanishni 2 hafta erta yakunladi.

Futbolchi katta ehtimol bilan 25 fevral kuni "Napoli"ga qarshi bo'ladigan YCHL 1/8 finali doirasidagi uchrashuv qaydnomasiga kiritilishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana