Del Boske: "Zidanning muvaffaqiyatlari omaddan emas"

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2017, 17:43
Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Visente del Boskening fikricha, "Real" ustozi Zinedin Zidan jamoa bilan erishayotgan yutuqlar tasodif emas.

"Bugun futbolchilar maydonda sahiyligi bilan ajralib turayotgani yo'q. Agar murabbiy bu borada to'g'irlashlar amalga oshirsa, bu jamoani kuchliroq qiladi. Zidanning muvaffaqiyatlari omadga bog'liq emas. Unda ajoyib futbolchilar bor va Zidan ulardan to'g'ri foydalanyapti" - deydi del Boske.

Zinedin Zidan 2016 yilda "Real" bilan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca