

Niderlandiyalik futbolchi shartnomasida ko'rsatilgan mablag'ni boricha qabul qilib olishni istashini rahbarlarga ma'lum qilgan. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar amal qiladi.
De Yongning bozor narxi 60 mln evroga baholanmoqda. Ushbu mavsumda xavbek 12 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Unga APLning bir necha klublari tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.



