De Xea: "O'zimni Manchestyerdan tashqarida tasavvur qila olmayman"

Оқил Абдубарноев
21 fev 2022, 21:50
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea jamoani tark etish haqida o'ylayotgani haqidagi mish-mishlarni inkor qildi.

“O'zimni Manchesterning bir qismidek his qilyapman, boshqa klub safida esa tasavvur qilolmayman, bu haqda gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Manchester mening uyim, bu yerda meni doimo yaxshi kayfiyatda qarshi olishadi. Albatta, futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin, lekin to'g'risini aytsam, o'zimni "Manchester Yunayted"dan tashqarida tasavvur qila olmayman", - deydi De Xea.

Eslatib o'tamiz, UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalida David de Xea sobiq jamoasi bilan uchrashadi. "Manchester Yunayted" darvozaboni 2011 yilda "Old Trafford"ga ko'chib o'tgan "Atletiko"da yana o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca