

David de Xea APLdagi 400-o'yinida qatnashdi. Bundan tashqari, u “qizil iblislar” safida barcha musobaqalarda “quruq” o'tkazgan o'yinlari sonini 178 taga etkazib, Peter Shmeyxelning rekordini takrorlashga erishdi.
32 yoshli ispan Yevropa Ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi o'tadigan 16 fevral kuni bahsda mutlaq rekordchiga aylanib olishi mumkin.



