De Xea "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2018, 13:54
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea tez orada klub bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar haftalik maoshi 250 ming evro bo'lgan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazishmoqda. De Xeaning amaldagi kelishuvi 2019 yilning yozida yakuniga etadi va bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. "Manchester Yunayted" rahbariyati darvozabon bilan yangi shartnoma kamida 2020/21 mavsum oxirigacha bo'lishini istamoqda. Vaziyatni "Real" klubi kuzatib boryapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times