De Ligtni yana bir grand nishonga oldi

Mirjalol Normatov
24 mar 2019
"Barselona" direktori Erik Abidal Evro-2020 saralashi doirasida Gollandiya - Germaniya uchrashuvini ko'rgani boradi.

Mutaxassis gollandiyalik himoyachi Matteys De Ligtning o'yinini kuzatib boradi. Uning xizmatlariga klub anchadan buyon qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, o'yin davomida Abidal "Ayaks" sport direktori Mark Overmars bilan transfer borasida muzokaralar o'tkazishi ham kutilmoqda.

Undan tashqari, Gollandiya - Germaniya uchrashuvisha "Yuventus" skauti ham boradi. Ular ham himoyachi uchun kurashishmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS