De Bryuyne faoliyatida ilk bor poker amalga oshirdi

Aziz Tukhtamuradov
12 may 2022, 07:57
"Manchester Siti" futbolchisi Kevin de Bryuyne "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda (5:1) to'rtta gol urdi.

U faoliyatida ilk bora poker amalga oshirdi. U bungacha bitta o'yinda uchtadan ko'p gol ura olmagan. 

Belgiyalik futbolchi APLda to'rtta gol ura olgan uchinchi markaziy yarim himoyachi bo'ldi. Bungacha Frenk Lempard (ikki marta) va Jorjino Veynaldum pokerga erishgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta