

"Ikkala klub ham finalga qadar yaxshi o'yin ko'rsatdi. 2013 yildagi chempionlikni takrorlamoqchimiz.
Sarri ehtiroslarga to'la futbol odami. Har kuni qattiq mehnat qilishni uqtiradi. Futbol sizga har kuni yangi insonlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. O'ylashimcha, hamma o'z g'oyalariga ishonadi. Bugun o'z g'oyalarimizga ishongan holda mavsumni yaxshi kayfiyatda tugatish uchun katta imkoniyat bo'ladi", - deydi Luiz.

Hozirda "Chelsi" klubi tajovuzkor formada. 2013 yilgi EL g'olibligidan beri jamoa engilmas klubga aylandi va Yevropa ligasi tarixiga kirdi (17 o'yin, 14 g'alaba, 3 durang).
Shuningdek, "Chelsi" futbolchilari joriy mavsum Yevropa ligasida eng ko'p gol urishdi (32 gol).



