Dahshat! "Shtutgart" sardorining otasi stadionda vafot etdi

Mirjalol Normatov
16 dek 2018, 12:56
"Shtutgart" sardori Kristian Gentnerning oilasida og'ir judolik.

"Gerta"ga qarshi o'yinni ko'rishga borgan Gentnerning otasi o'yindan keyin vafot etdi. 

Bahs yakunlanganidan so'ng Gentner maydonda televidenie uchun intervyu berdi va ichkariga kirib ketdi. Tez orada u tribunaga otilib chiqdi. U yerda vrachlar futbolchining otasini qutqarib qolish uchun kurashayotgandi. Biroq barcha harakatlar besamar bo'ldi.

"Shtutgart" va "Gerta" klublari futbolchiga chuqur taziya bildirishdi.

Gentner jamoasi kecha 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Klub avvaliga 0:1 hisobida mag'lub bo'layotgandi. Keyinchalik Mario Gomes ikki gol kiritdi. Uning ikkinchi goliga aynan Gentner hammuallif bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sportskeeda