Coca Cola O'zbekiston kubogi. Bugun birinchi bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2020, 08:00
Bugun, 23 iyun kuni Coca Cola O'zbekiston kubogi birinchi bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Toshkentda "Oq-tepa" klubi Jahongir Jiyamurodov boshchiligidagi "Zomin"ni qabul qiladi. "Xorazm" klubi Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ladi. Yaypanda "Turon" va "Sho'rtan" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. 

Vodiydagi yana bir bahs Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida "Istiqlol" va Samarqandning "Dinamo" klubi o'rtasida kechadi. 

Mazkur bahslar karantin talablariga ko'ra muxlislarsiz o'tkaziladi. 


Coca Cola O'zbekiston kubogi. Saralashning birinchi bosqichi
23 iyun, seshanba
17:30 OQ-TEPA – ZOMIN
Hakamlar
: Komil Rasulov, Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Oybek Yunusov

17:30 NEFTCHI – XORAZM
Hakamlar
: Doston Rahmonov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Aleksandr Davidenko

17:30 TURON – SHO'RTAN
Hakamlar
: Elyor Tursunov, Shohnur Yo'ldoshev, Daler Tilloev, Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Islom Rahimov
Komissar: Mamur Sultonov

17:30 ISTIQLOL – DINAMO
Hakamlar:
Rahim Karimov, Oybek Kalaxo'jaev, Husniddin Bahodirov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Shuxrat Bozorov
Komissar: Baxtiyor Shirinov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia