Chilavert Paragvay prezidentligiga o'z nomzodini qo'ymoqchi

Eldor Akmurzayev
24 dek 2020
Afsonaviy darvozabon Xose Luis Chilavert mamlakatda bo'lib o'tadigan prezident saylovlarida ishtirok etish niyati borligini ma'lum qildi.

Taniqli darvozabon o'z sahifasiga, “Chila-2023” paragvaylik ekanligimdan faxrlanaman”, deya tvit qoldirdi.

Ma'lumot o'rnida, Paragvayning hozirgi rahbari Mario Abdo Benites hisoblanadi, u 2018 yil besh yillik muddatga saylangandi.

Hozirgi vaqt dunyoning bir mamlakatida sobiq futbolchi bo'lgan prezidenti bor: Jorj Vea 2018 yildan beri Liberiya rahbari bo'lib faoliyat olib bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/JoseLChilavert_