Chempionshipdan APLga chiqqan so'nggi jamoa nomi ma'lum!

Mirjalol Normatov
28 may 2023, 00:12
APLga chiqish uchun pley-off bosqichi final uchrashuvi yakuniga etdi.

"Uembli" stadionida "Luton Taun" hamda "Koventri Siti" jamoalari o'zaro to'qnash keldi va unda lutonliklar penaltilar seriyasidagi g'alaba evaziga o'z tarixida ilk bora APL yo'llanmasiga ega chiqdi. Bunga qadar "Byornli" hamda "Sheffild Yunayted" jamoalari elitaga yo'llanma olib bo'lgandi.

Koventri – Luton 1:1 (pen. seriyasi 5:6)

"Uembli"

Gollar: 0:1 – 23 Klark, 1:1 – 66 Xamer.

Koventri – Uilson, Norton-Kaffi (Dabo, 90), Makfazin, Maknelli, Doyl (Panzo, 115), Biduell, Kelli, Allen (Godden, 46), Shif, Xamer (Palmer, 80; Ekklz, 102), Dokeresh.

Luton – Xorvat, Drame, Loker (Berk, 12), Bell, Osho (Potts, 112), Dauti (Onedinma, 84), Klark, Raddok-Mpanzu (Berri, 98), Nakamba, Morris, Adebayo (Teylor, 105).

Ogohlantirish: Maknelli (46), Klark (99).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia