Chempionlar ligasi finalida ishlaydigan hakam nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
14 may 2019, 17:27
"Liverpul" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi Chempionlar ligasi final bahsini boshqaradigan hakam nomi e'lon qilindi.

Finalni Damir Skomina boshchiligidagi sloveniyalik hakamlar boshqaradi. Qanotlarda Yure Praportnik, Robert Vulkan ishlaydi. To'rtinchi referi Antonio Mateo Laos. VAR xonasida Danni Makkeli, Pol van Bokel, Feliks Zvaer, Mark Borsh ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, Damir Skomina Parijda bo'lib o'tgan PSJ hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida ishlagan edi. Bahs 3:1 hisobida "qizil iblislar" g'alabasi bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA