“Chelsi” va “Liverpul” Uayt uchun kurashadi

10 avg 2020, 08:14
“Brayton” futbolchisi APL grandlari nishonida.

“Chelsi” “Brayton”ning 22 yoshli himoyachisi Ben Uayt uchun kurashda “Liverpul”ni dog'da qoldirishni istamoqda. Ben Uayt 2016 yildan beri “Brayton” a'zosi hisoblanadi. Ammo futbolchi so'nggi 3 mavsumni ijara asosida boshqa klublarda o'tkazdi. Jumladan, 2019/20 yilgi mavsumda Uayt “Lids” safida harakat qildi. U klub safida 46 ta o'yin o'tkazdi va jamoasining APLga qaytishiga yordam berdi. Ma'lum bo'lishicha, “Brayton” Uaytni sotishga qarshi emas, faqat buning uchun 20 mln funt sterling to'lansa bas.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail