“Chelsi” - “Uotford”. Tarkiblar ma'lum, Terri ilk daqiqadan boshlaydi

Aslanov Jasurbek
15 may 2017, 23:18
Birozdan so'ng APL 28-turining qoldirilgan bir uchrashuvi boshlanadi.

Unda muddatidan avval Angliya chempioniga aylangan Londonning “Chelsi” klubi o'z maydonida “Uotford”ni qabul qiladi. Hozirgina jamoalarning tarkiblari ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, “Chelsi” himoyachisi Jon Terri boshlang'ich tarkibga kiritildi. Terri mavsum yakunlanganidan so'ng London klubini tark etadi.


“Chelsi”: Begovich, Zuma, Terri, Ake, Aspilikueta, Kante, Chaloba, Kenedi, Villian, Azar, Batshuayi.

“Uotford”: Gomes, Yanmat, Xolebas, Pryodl, Mariappa, Bexrami, Kapu, Dukure, Kleverli, Amrabat, Nyang.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif