"Chelsi" Suares uchun kurashda favorit

Mirjalol Normatov
5 dek 2018
"Barselona" yarim himoyachisi Denis Suares yanvar oyida "Chelsi"ga o'tishi mumkin.

"Daily Express" xabariga ko'ra, ayni damda tomonlar muzokaralar olib borishmoqda. Londonliklar futbolchi uchun kurashda "Milan"ni ortda qoldirishmoqda. Gap shundaki, "Chelsi" Italiya jamoasidan farqli ravishda xavbekni ijaraga olmasdan sotib olishni rejalashtirmoqda.

Juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani uchun Denis Suaresning o'zi ham jamoani tark etishni istamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express