“Chelsi” Manjukichni sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 avg 2016, 15:18
Londonning “Chelsi” klubi yaqin kunlarda Italiyaning “Yuventus” jamoasi Mario Manjukich transferi borasida rasmiy taklif bilan chiqadi.

“Aristokrat”lar avval Romelu Lukakuga taklif bilan chiqishgandi, ammo “Everton” ushbu taklifni rad etishdi. Shundan so'ng “Chelsi” xorvatiyalik futbolchiga bor e'tiborlarini qaratishdi. Belgiyalik futbolchi “Everton”da qolishi kecha ma'lum bo'lgan. “Chelsi” hujum chizig'ini kuchaytirish uchun boshqa futbolchi qidirmoqda. 

Takidlash kerakki, Manjukichning transfer narxi tahminan 29 million evro deb baholanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror