"Chelsi" Gnabriga qiziqmoqda

Alisher
12 iyul 2022, 10:22
"Bavariya" forvardi Serj Gnabri faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

26 yoshli nemis uchun "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda. Oldinroq, o'yinchiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqish borligi aytilgan edi.

Oldinroq xabar berilganidek, "Bavariya" Gnabrini asosiy tarkibdan chetlatishi mumkin, sababi o'yinchi shartnomani uzaytirishni rad etmoqda.

Gnabri 2018 yildan beri "Bavariya"da o'ynaydi. Forvard o'tgan mavsum 45ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian